Tutqichni qanday tanlash
Eshik tutqichi zamok mexanizmi bilan birga ishlaydi. Rozetkali tutqich dumaloq taglikka o‘rnatiladi, plankali tutqichda uzun taglik bo‘ladi. Tutqich kvadrat sterjen orqali zamok tilini suradi, ichki eshiklarda sterjen kesimi odatda 8 mm. Eshik qalinligi tutqich to‘plami mo‘ljallangan oraliqqa kirishi kerak. Hammom eshigi uchun ichkaridan buraladigan fiksatorli to‘plam olinadi. Kirish eshigi uchun tutqich zamok va silindr bilan birga tanlanadi. Zamok o‘qining eshik chetidan masofasi (bekset) rozetka eshikka sig‘ishini belgilaydi.



