Rozetkani qanday tanlash
Rozetka tok kuchi va ulanish turi bo‘yicha tanlanadi. Xonadon rozetkasi odatda 16 A va 250 V ga mo‘ljallangan. Yerga ulash kontakti bor rozetka kir yuvish mashinasi, suv isitgich va boshqa kuchli asboblar uchun kerak. Ichki rozetka devordagi montaj qutisiga qo‘yiladi, tashqi rozetka devor ustiga. Hammom va ko‘chada IP44 va undan yuqori, qopqoqli rozetka olinadi. Vyklyuchatel bir, ikki yoki uch klavishli bo‘ladi, har klavish alohida chiroq guruhini yoqadi.



