Shlangni qanday tanlash
Egiluvchan shlang uzunligi va ikki uchidagi ulanish bo‘yicha tanlanadi. Smesitel shlangida bir uchi ingichka shtutser M10 yoki M8, ikkinchisi 1/2" gayka bo‘ladi. Bachok uchun ikki uchi gaykali shlang olinadi. Uzunlik ulanish nuqtalari orasidan biroz uzunroq bo‘lishi kerak: shlang tarang tortilmaydi. Tashqi o‘rim zanglamas po‘latdan, ichida rezina quvur bo‘ladi. Ichki diametr kattaroq bo‘lsa, oqim ko‘proq bo‘ladi, bu dush va vanna smesitellari uchun muhim. Burchak ventili va shlang gaykasi rezbasi bir xil bo‘lishi kerak.



