Radiatorni qanday tanlash
Seksiyalar soni xona maydoni va issiqlik yo‘qotishiga qarab hisoblanadi. Har seksiyaning issiqlik quvvati vattda pasportda yoziladi. Alyuminiy radiator tez qiziydi va yengil, lekin suv sifatiga sezgir. Bimetall radiatorda ichki kanallar po‘latdan, ular markaziy isitishdagi yuqori bosimga chidamliroq. Markazlararo masofa, odatda 350 yoki 500 mm, mavjud ulanish quvurlariga mos bo‘lishi kerak. Po‘lat panelli radiator xususiy uy qozoni bilan ishlashga mos. Alyuminiy va bimetall radiatorga seksiya qo‘shish mumkin, buning uchun nippel, qistirma va maxsus kalit kerak.



