Soploni qanday tanlash
Fontan soplosi suv oqimi shaklini belgilaydi: tik oqim, qo‘ng‘iroq, lola, ko‘pikli yoki aylanuvchi. Soplo ulanish rezbasi bo‘yicha tanlanadi: 1/2", 3/4", 1" va kattaroq. Har soplo uchun kerakli suv sarfi va bosim ishlab chiqaruvchi jadvalida beriladi, nasos shu ko‘rsatkichlarga qarab olinadi. Latun soplo suvda uzoq xizmat qiladi va shakli o‘zgarmaydi. Plastmassa soplo kichik bog‘ fontanlari uchun ishlatiladi. Bir nechta soplo bitta nasosga kollektor orqali ulanadi, har biriga alohida ventil qo‘yiladi.



